Xonanda Rayhon kecha Instagram`dagi shaxsiy sahifasiga samolyotda parvoz etayotganini bildirib, rasm joyladi. Bu rasm xonandaning muxlislari o`rtasida keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Ular Rayhondan qaerga uchib ketayotganini so`rab, ko`plab izohlar qoldirishdi, biroq xonanda savollarni ochiq qoldirdi. Shunda Rossiyaning Domodedovo aeroportida haydovchi bo`lib ishlaydigan internet foydalanuvchilardan biri “Rayhonni bugun Domodedovo aeroportida ko`rdim. U bir pas kimnidir kutib turdi. Shunda xonanda So`g`diyona kelib, u bilan ko`rishdi va ikkalasi birga ketdi” degan izoh qoldirdi va Rayhonning ayni damda Rossiyada ekanligini bildirdi.
Xonanda So`g`diyona ham Rayhondan biroz oldin o`zining shaxsiy sahifasiga yangi rasm joyladi va unga “Shoshib turibsan, shu payt atay qilgandek avtomashina balloni teshildi. Mayli bu hayotimizdagi eng katta ko`ngilsizlik bo`lsin” deya izoh qoldirdi.

Shu o`rinda muxlislar Rayhonning So`g`diyona bilan uchrashish uchun Moskvaga borgani haqidagi savollarni So`g`diyonaga ham berishgan, biroq u ham bu savollarga javob bermadi.
Bugun har ikkala xonanda ham o`z sahifalariga birga tushgan suratlarini joylashdi va o`z-o`zidan savollarga javob topildi.
Rayhon bu suratni “Vanihoyat uchrashdik. Mening quvonchim, bir umrlik do`stlar, tutingan opa-singillar” deya izohladi.
Izohlarda foydalanuvchilar ikkala xonandaning uzoq yillik do`stligi umrboqiy bo`lishini tilashdi.





