Bugun ayrim Britaniya OAVlarida taniqli xonanda Adelning sevgilisi Saymon Konekiga turmushga chiqqani haqidagi xabarlar paydo bo`ldi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Jurnalistlarning bunday qarorga kelishiga Adelning qo`lidagi uzuk ham sabab bo`lgan.

Ma`lum bo`lishicha, britaniyalik xonanda va uning sevgilisi rostan ham unashtirilgan. Biroq ular munosabatlarini rasmiylashtirishga shoshilmayapti. Adelning o`zi bunga zarurat yo`qligini aytib o`tgandi. Pasportda muhr yo`qligi bu ikki insonga uch yoshli o`g`illarini birga tarbiyalashga xalaqit bermayapti.





