Seshanba kuni AQShning yirik beshta shtati — Illinoys, Missuri, Ogayo, Shimoliy Karolina va Floridada ovoz berish jarayonida Donald Tramp va Xillari Klinton o`z pozisiyalarini mustahkamlab, etakchilik qilishmoqda, deb xabar berdi, “Mail.ru” nashri.
Ovozlar natijasi beshta shtatda — Illinoys, Missuri, Ogayo, Shimoliy Karolina va Floridada hisoblab chiqildi. Floridadagi saylovlar yakuniga ko`ra respublikachilar manfaatini himoya qilgan shtat gubernatori Mark Rubio kerakli natijiga ega bo`lolmadi.
Shunday qilib, bu partiyadan uch nafar nomzod qoldi — milliarder Trampdan tashqari, Ogayo gubernatori Jon Keysik va Texas senatori Ted Kruzlar shular jumlasidandir. Demokratlarda esa raqibi Berni Sandersni biroz ortda qoldirib, Missuri shtatidan tashqari hamma shtatlarda Xillari Klinton etakchilik qilmoqda. Vermont shtati senatori olgan ovoz undan ozgina farq qiladi.





