AQSh fuqarolari o`rtasida o`tkazilgan yangi so`rovnoma natijalariga ko`ra, fuqarolarning 28 foizi Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp mamlakat rahbari bo`lgan taqdirda boshqa davlatlarga ko`chib ketish istagini bildirgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Trampning saylovoldi kampaniyasidagi bir nechta g`alabalaridan so`ng internet foydalanuvchilari o`rtasida Kanadagi chiqib ketish yo`l-yo`riqlari bo`yicha savollar ko`paygan.
“Agar AQSh fuqarolari aynan shunday qarorga kelishsa,Kanada ularni eshik ochib kutib oladi”— dedi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.
AQShning sobiq bosh vaziri Xillari Klinton esa Donald Trampning prezident bo`lmasligiga umid qilmoqda. Biroq, u hech qachon mamlakat hududidan chiqib ketmaydi.
“Men hech qachon mamlakatni tark etmayman. Biroq agar Donald Tramp prezident bo`lgudek bo`lsa, asosiy vaqtimni televizor qarshisida asabiylashib o`tkazishimga to`g`ri keladi”—dedi Klinton.
Avvalroq o`tkazilgan so`rovnomalar natijasida AQSh harbiylarining ma`lum qismi mamlakat prezidenti sifatida Trampni ko`rishi ma`lum bo`lgan edi.





