Alla Borisovna yo`lovchilarni hayratda qoldirib, Moskva ko`chalarini piyoda aylandi, deb xabar berdi “lady.mail.ru” nashri.
Moskva aholisi va poytaxt mehmonlari savdo markazida yolg`iz aylanib yurgan va tasodifiy yo`lovchilar bilan suratga tushayotgan Alla Pugachyovani ko`rib, hayratda qolishdi. Primadonna qizil ko`ylak, qora kofta kiyib, qora ko`zoynak taqib olgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Primadonnaning suratlarini ko`rgan foydalanuvchilar “Ajoyib”, “Go`zalsiz”, “Ko`rinishingiz yomon emas” degan izohlarni qoldirishgan.






