Ekvadorda harbiy samolyot halokatga uchrashi oqibatida 22 kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, aviahalokat 15 mart, seshanba kuni soat 22:30 lar atrofida Ekvadorning Pastas viloyatida ro`y bergan.
Samolyot bortida ekipaj a`zolari vabir nechta harbiylar bo`lgan.
“Halokat oqibatida tirik qolganlar mavjud emas. Samolyot bortida bo`lganlarning barchasi vafot etdi. Biz 22 nafar harbiyni yo`qotdi”,—deyiladi xabarda.





