Pokistonning Peshavor shahrida avtobus portlashi oqibatida 15 nafar davlat xizmatchisi halok bo`ldi, deb xabar berdi “TASS” nashri.
“Voqea sodir bo`lganda avtobus ichida 50 kishi bo`lgan. Hozircha avtobusning portlashiga nima sabab bo`lgani noma`lum, taxminlarga ko`ra, uning ichiga portlovchi modda qo`yilgan”, – deb ma`lumot berdi Pokiston polisiyasining vakili.





