Germaniya poytaxti Berlin shahrida avtomobil portlab ketdi. Portlash oqibatida haydovchi halok bo`lgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Berlin polisiyasi matbuot xizmati boshlig`i o`rinbosari Karsten Myullerning aytishicha, portlash mahalliy vaqt bilan tonggi soat 08:00 lar atrofida sodir bo`lgan.
U polisiyachilar portlash avtomobil ichidagi portlovchi uskunaning harakatga keltirilishi oqibatida sodir bo`lganini taxmin qilayotganini qo`shimcha qildi. Hozirda maxsus xizmat xodimlari haydovchining shaxsini aniqlash bilan shug`ullanmoqda. Berlin polisiyasining Twitter ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida portlash suratlari paydo bo`ldi. Unda kulrang tusli Volkswagen Passat avtomobilining bo`laklarini ko`rish mumkin. Portlash yuz bergan hudud o`rab olingan va fuqarolarga uylaridan tashqariga chiqmaslik tavsiya etilgan.
BERLIN ShAHRI G`ARBIDA AVTOMOBIL PORTLAB KETDIhttps://t.co/Sv05ys41ax pic.twitter.com/ez10DiRK0K
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 15 marta 2016 g.





