AsosiySport

“Manchester Yunayted” jamoasi Gulf Oil International kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

“Manchester Yunayted” jamoasi Shimoliy Amerikaning neft qazib olish bilan shug`ullanuvchi Gulf Oil International kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, kelishuv 3 yilga mo`ljallangan. Bitimning moliyaviy shartlari haqida esa hozircha ma`lumot berilmagan.

Gulf Oil International kompaniyasining asosiy maqsadi, klubning Osiyo mintaqasidagi muxlislariga o`z mahsuloti haqida batafsil ma`lumot berish va shu orqali yangi segmentga kirib borishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar