AsosiyDunyo

Boshqirdistonda yuz bergan yong`inda 2 nafar o`zbekistonlik muhojir halok bo`ldi

Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida yong`in oqibatida 12 kishi halok bo`ldi.  Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

15 martga o`tar kechasi Tukaeva ko`chasida joylashgan bir qavatli xususiy uy yonib ketdi. 

Yong`in bartaraf etilganidan so`ng bino ichidan 12 kishining jasadi topilgan. Polisiya yong`in sabablari va halok bo`lganlarning shaxsini aniqlashga kirishgan. Hodisa joyida kriminal laboratoriya xodimlari ish olib bormoqda. Shaharga ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi adliya general mayori Viktor Mixaylov ham tashrif buyurgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining bergan ma`lumotlariga ko`ra, yong`in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan 05:12 da qabul qilingan. Soat 07:20 larda o`t o`chirilgan. O`t o`chirish uchun 19 ta texnik birlik va 52 kishi jalb etilgan.

Halok bo`lgan 10 nafar erkak va ikki nafar ayol Rossiyaga MDH mamlakatlaridan kelib ishlayotgani ma`lum bo`ldi. Ulardan sakkiz nafari Qirg`iziston fuqarolari, ikki nafari asli qirg`izistonlik bo`lgan Rossiya fuqarolari, ikki nafari esa O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar