AsosiyDunyo

Putin Suriyadan harbiy qo`shinlarni olib chiqib ketish buyrug`ini berdi

Prezident Vladimir Putin Suriyadan mamlakat hukumatiga ekstremistik guruhlarga qarshi kurashishda yordam bergan asosiy aviasiya guruhini olib chiqib ketish buyrug`ini berdi.

Rossiya Prezidentining aytishicha, operasiya oldidan qo`yilgan asosiy maqsadlarga erishilgan:

“Mudofaa vazirligi hamda qurolli kuchlar oldiga qo`yilgan acosiy vazifaga erishildi deb hisoblayman, shu sababli mudofaa vaziriga ertadan boshlab Suriya Arab Respublikasidan qo`shinlarimizning asosiy qismini olib chiqib ketishni buyuraman”.

Shu bilan birga Putin Suriyaning Tartus hamda Xmeymim bazalarida bir necha yillardan beri faoliyat yuritayotgan harbiy punktlar faoliyati davom ettirilishi lozimligini ta`kidladi. Aynan mana shu qo`shinlar guruhiga o`t ochishni tugatishni nazorat ostiga olish hamda tinchlik jarayoni uchun sharoitlar yaratish vazifasi topshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar