Turkiya xavfsizlik xizmati va polisiyasi mamlakat hududida sodir etilishi rejalashtirilayotgan teraktdan xabar topdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilik guruhi mamlakat hududida 20 mart kuni terakt sodir etishni rejalashtirmoqda.
Mazkur xabar kecha Anqarada yuz bergan teraktlardan so`ng ma`lum bo`lgan.
Ma`lumot uchun, kecha 13 mart kuni Anqara shahridagi avtobus bekatida minalangan avtomobil portlab ketishi oqibatida 37 kishi halok bo`ldi.





