Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida Turkiya poytaxti Anqara shahrida yuz bergan terakt oqibatida jabrlanganlar orasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bor yoki yo`qligi to`g`risida axborot berildi.
“2016 yil 14 mart holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi 2016 yil 13 mart kuni Anqara shahrida yuz bergan terakt oqibatida jarohatlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari mavjudligi to`g`risidagi ma`lumotga ega emas”—deyiladi xabarda.





