AsosiyDunyo

Anqara teraktida gumon qilingan 14 kishi qo`lga olindi

Turkiya poytaxti Anqarada sodir etilgan teraktda gumon qilinib, 14 kishi hibsga olingan. 

“Tass.ru” nashrining xabar berishicha, Anqarada terakt uyushtirgan hudkushlardan biri 2013 yildan buyon Kurdiston ishchi partiyasining a`zosi bo`lgan. 

Eski shahar viloyati gubernatori Gungor Azmi Tunning ma`lumot berishicha, o`tkazilgan maxsus operasiya natijasida huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan Kurdiston ishchilar partiyasining 12 nafar a`zosi Anqarada, yana 2 a`zosi Istanbul shahrida qo`lga olingan bo`lib, hozirda tergov-surushtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Turkiya hukumati ularning teraktga aloqadorligi bo`yicha dalil-isbotga egaligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar