AsosiyJamiyat

15 mart kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 18-20 daraja iliq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yog`ingarchilik bo`ladi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar