Anqaradagi avtobus bekati portlashi oqibatida jabrlanganlarning yana uch nafari shifoxonada vafot etdi. Shunday qilib, terakt qurbonlari soni 37 kishiga etdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Sog`liqni saqlash vaziri Mahmud Muazzino`g`lining so`zlariga ko`ra, halok bo`lgan 37 kishining kamida bittasi hudkush-terrorchi.
Vazir, shuningdek, Muazzino`g`li 30 kishi portlash sodir bo`lgan vaqtdayoq , yana to`rt kishi shu kuni shifoxonada, uch kishi esa bugun vafot etganini qo`shimcha qildi. Shahar tibbiyot muassasalarida 71 kishi davolanmoqda, ulardan 29 nafarining ahvoli o`ta og`ir.
Ma`lumot uchun, kecha 13 mart kuni Anqara shahrida yirik terakt yuz berdi. Anqara sudi ijtimoiy tarmoqlarga terakt qurbonlari foto va videolari joylashtirilishining oldini olish maqsadida Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qo`ydi.





