AQShning Shimoliy Karolina shtatida yirik YTH sodir bo`ldi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Avtohalokat oqibatida kamida 20 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, shtatning markaziy qismidagi avtomobil yo`lida kamida 94 ta avtomobil ishtirokida bir nechta yo`l-transport hodisalari sodir bo`lgan.
Yo`l-transport hodisalarining birinchisi qolgan bir nechta avtohalokatlarga sabab bo`lgan. Natijada mazkur yo`lda uzundan-uzun tirbandlik yuzaga kelgan.
Hozirda YTH sabablari o`rganilmoqda va boshqa haydovchilarga mazkur yo`lni aylanib o`tish tavsiya etilmoqda.





