AsosiyDunyo

Bangkokdagi banklardan birida zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish oqibatida 10 kishi halok bo`ldi

Tayland poytaxti Bangkok shahridagi banklardan birida zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish oqibatida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Mazkur hodisa Taylanddagi eski banklardan biri Siam Commercial Bank`da yuz bergan.

Favqulodda hodisaning yuz berishiga kimyoviy o`t o`chirish tizimining zararlanishi sabab bo`lgan. Oqibatda 10 kishi halok bo`lgan. Bangkok shoshilinch tibbiy yordam markaziga yana 15 nafar jabrlanganlar etkazilgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, qutqaruv xizmati bank binosining birinchi qavati va erto`laga tezda kirib borisholmagani sababli ularning ishlari qiyinlashgan. 

Bank ma`muriyatining xabar berishicha, fojia o`t o`chirish tizimini modernizasiya qilish bilan shug`ullanuvchi xodimning ishiga nisbatan sovuqqonligi oqibatida yuz bergan.

Hozirda mazkur hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar