Yakshanba kuni Turkiya poytaxti Anqarada yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 34 kishi halok bo`lgan.
125 nafar yaralangan poytaxt shifoxonalarida, ulardan 19 kishining ahvoli juda og`ir deya baholanmoqda. Bu raqamlar mahalliy hukumat vakillarining rasmiy ma`lumotlari, deya xabar beradi Euronews.
Portlash kechki soat 7 da Qiziloy tumanining Gyuven bog`i yonida yirik transport uzelidan uzoq bo`lmagan joyda sodir bo`lgan. Voqea joyi yonginasida Adliya va Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy sud binosi joylashgan. Huddi shu erda metro, avtobus bekati, shuningdek savdo-ko`ngilochar majmua hamda bir nechta bank joylashgan.
Turkiya IIV xabarlariga ko`ra, minalangan avtomobil bekatda turgan reysdagi avtobusga borib urilgan hamda portlab ketgan. Portlash 2,5 kilometr radiusgacha eshtilgan, u shu qadar kuchliligidan atrofdagi bir nechta avtomobil yonib ketgan.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchi va shifokorlar etib kelgan. Turk hukumati bo`lib o`tgan hodisani terakt deb atamoqda. Avtomobil xudkush tomonidan portlatilgan.
Turk hukumati Anqaradagi teraktni yoritish bo`yicha OAVlarga cheklov kiritdi.





