AsosiyDunyo

AQShda suv toshqini: Luizana shtatidagi yo`llarda baliqlar suzib yuribdi (Video)

AQShning favqulodda vaziyatlar xizmati mamlakatning oltita shtatidagi kuchli suv toshqini bilan kurashib, bu hududlarda favqulodda vaziyat holatini e`lon qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Luizana, Arkanzas va Texas shtatlarida vaziyat juda og`ir, o`nlab aholi punktlari suvga g`arq bo`lgan. Uch yarim ming kishi voqea joyidan evakuasiya qilingan, 12 million kishi esa hamon xavfli hududlarni tark etmagan. Suv sathi yana ortadigan bo`lsa, ular ham uylarini tark etishlariga to`g`ri keladi. 

Polisiyaning ma`lumot berishicha, 5 kishi halok bo`lgan, o`nlab odamlar talafot ko`rgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko`cha va piyodalar yo`lakchasida suzib yurgan baliqlar tasvirlangan videolar paydo bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar