Siz sevib tomosha qilayotgan serialning voqealar rivoji bilan tanishtirishda davom etamiz. Kxushi va Arnav munosabatlarida keskin burilish. Dil izhori, uyushtirilgan jinoyat va to`y!
• Nanining Rayzadlar oilasi bilan aloqani uzishi haqidagi po`pisasi Manoramaga ta`sir ko`rsatib, Payyalni qabul qilishga rozi bo`ladi. Arnav, Kxushining jarohatidan havotirda. Yuzaga kelgan vaziyat ularni yaqinlashtiradimi?
• Arnav, Kxushinning jarohatini bog`laydi. Ularning birga qaytgani Shyamning g`ashini keltiradi. Anjali va Nani esa ikkisining munosabatidan xursand. Kxushi, Arnav tomonidan sotib olingan bilakuzukni topib olib, hushidan ketadi.
• Bilakuzuklarni Kxushinning qo`lida ko`rgan Arnav juda xursand. Ammo sir boy bergisi yo`q. Kxushi, Arnavning jaxlini chiqarish uchun Anjali bilan bilakuzuklar ma`qul kelmaganini haqida suhbatlashadi.
• Kelin libosini olib borish bahonasida Arnav, Kxushi bilan uchrashib qoladi. Nigohlar to`qnashib, ikkisi ham ajib tuyg`ular asiriga tushib qoladi. Anjali avtomobilining tormozini ishdan chiqargan Shyam, yana jinoyat rejasini tuzmoqda. Nima uchun u Anjaliga qasd qilmoqchi?
• Mehmonlarga taomlarni ulashishda ko`maklashayotgan Arnav, Kxushinni hayron qoldiradi. Kxushi, Rayzadlar xonadoniga qarindoshlarini olib kelib, ularni Nani bilan tanishtiradi. Shyam, Anjalining o`limini kutmoqda. Arnav, Kxushinga sevgi izhor qiladimi?
• Payyal uning uchun tayyorlangan narsalarni ko`rib, ko`ngli bo`shab ketadi. Arnav, Kxushi bilan suhbatlashib olmoqchi. Nani, Anjaliga qo`ng`iroq qilib, tezroq uyga qaytishini so`raydi. Yo`l-yo`lakay Anjali mashina boshqaruvini yo`qotadi. Shyam, Anjalining taziyasiga o`zini tayyorlamoqda. Anjali omon qolarmikan?
• Akash to`ydan keyingi hayotini o`ylab, sarosimaga tushgan. Nani, Anjalining avtohalokatga uchraganidan xabar topib bu haqda Arnavga aytadi. U voqea joyiga ketadi. Ammo endi kech emasmi?
• Arnav, Anjalining jarohatini bog`laydi. Shu orada Kxushiga bo`lgan munosabatlari haqida gapirmoqchi bo`ladi. Xabarni o`qigan Kxushi katta yo`lga chiqib, Arnavni kutib olmoqchi edi. Biroq uni Shyam qarshi olib, quchoqlaydi. Kxushi uning bag`ridan otilib chiqib, qochishga harakat qiladi. Shu payt ularni Arnav ko`rib qoladi. U bunga qanday munosabat bildiradi?
• Shyamning Kxushiga dil izhorini eshitgan Arnav tushkunlikka tushgan. Biroq Kxushi uning sevgisini rad etib, mendan uzqroq yur deydi. Anjalining tirik qolgani Shyamni taajjubga soladi. Axir u taziya bildirishga shay edi-da.
• Anjali farzand kutayotgani haqida Arnav va Shyamga ma`lum qiladi. Shyam, bo`lajak onaga g`amxo`rlik qilishni zimmamga olaman deydi. Bu orada Kxushi, Shyam to`g`risidagi haqiqatni Arnavga aytishga shaylanadi. Akash va Payyal to`yga hozirlik ko`rishayapti.
• Arnav kirib kelishi bilan Payyal va Akash bir-biri bilan gulchambar almashishadi. Arnav, agar Kxushin aytganimga kirmasa to`yni to`xtataman deydi. Kxushi rozi bo`ladi. Ikkisining kelin-kuyov sifatida chiqib kelishi yig`ilganlarni shoshirib qo`yadi. Anjali va Nani dab-durustdan uyushtirilgan to`yning sababini tushuntirishni talab qilib, Arnavni siquvga olishadi. Ammo u jim...





