AsosiyDunyo

Fransiyadagi modalar uyi rahbari irqchilikda ayblanmoqda

Fransiyadagi Balenciaga modalar uyi ijodiy direktori Demna Gvasaliya irqchilikda ayblanmoqda, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Dizaynerga nisbatan mazkur ayblovni uning hamkasbi Jeyson Kempbell bildirgan. U  modalar uyining so`nggi namoyishlarida birorta ham qora tanli model ishtirok etmagani bilan fikrini izohladi.

Kempbelning aytishicha, Gvasaliyaning qora tanli modellarni o`z liboslar namoyishida olib chiqmasligiga uning “Stalin va Lenin hukmronlik qilgan Gruziyada tug`ilib, o`sgani sabab bo`lgan”. Gruziyalik dizaynerning o`zi esa ayblovga nisbatan hech qanday izoh bermagan.

Balenciaga modalar uyiga 1919 yilda Fransiyada asos solingan. Bu modalar uyining o`ziga xos xususiyati keng bichimdagi yubkalar bo`lgan.

Demna Gvasaliya modalar uyiga 2015 yildan boshlab rahbarlik qilib kelmoqda. U Gruziyada tug`ilib, voyaga etgan. Demna Antverpen shahridagi nafis san`at akademiyasini tamomlagan.

    Boshqa yangiliklar