Butunjahon dopingga qarshi agentligi(WADA) rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaga qarshi qat`iy chora ko`rilishiga erishmoqchi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Londonda o`tkazilgan dopingga qarshi konferensiyada agentlik vakillari “Sharapova ishini shaxsan nazorat qilinishini” va unga engilroq jazo qo`llanilgan taqdirda Sport hakamlik sudiga murojaat qilishi mumkinligini ta`kidlab o`tishdi.
7 mart kuni Sharapova Los-Anjeles shahrida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida uning qonidan olingan namunada 2016 yilning 1 yanvaridan taqiqlangan preparat meldoniy aniqlanganini ma`lum qildi. Bu voqeadan so`ng u bilan hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyalar birin-ketin shartnomalarni bekor qila boshladi.





