Litvaning Skuodas shahrida joylashgan maktablardan birida o`tkazilgan tibbiy ko`rikdan so`ng 77 nafar o`quvchida sil kasalligi aniqlangan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Maktab o`quvchilaridan ikki nafari sil kasalliga chalingach, tekshiruvdan o`tkazilgan o`qituvchi ayol sil kasalligining ochiq formasiga chalinganligi ma`lum bo`lgan. Mamlakat maorif vaziri Natalya Istominaning ma`lumot berishicha, o`qituvchi ayolning salomatligiga bee`tiborligi hamda vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashi maktabda sil kasalligi tarqalishiga sabab bo`lgan.
O`qituvchi ayol yo`tal bezovta qilishiga qaramay, shifoxonaga murojaat qilmagan. Uning to`xtovsiz yo`talishiga hamkasblari e`tibor berishgan. Rentgenga tushgan ayol ancha yillardan beri sil kasalligiga chalingani va kasallik manbai aynan u bo`lgani ma`lum bo`lgan.





