AsosiyDunyo

2015 yilda Suriyada 50 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan

Xalqaro gumanitar tashkilotlar birlashmasi ma`ruzasidagi ma`lumotlarga ko`ra 2015 yil Suriya mojarosida eng yomon yil bo`lgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

O`tgan yil davomida Suriyada yordamga muhtojlar, qochoqlar soni keskin oshib ketgan. Gumanitar tashkilotlarning fikriga ko`ra, bunga Rossiya, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya mamlakatlari aybdor. 

Xabarda ma`lum qilinishicha, Suriyada 2015 yil mobaynida kamida 50 000 kishi halok bo`lgan, millionlab aholi uy-joyini tashlab qochishga majbur bo`lgan. 1,5 million kishi gumanitar yordamga muhtoj, 200 000 dan ortiq imorat vayron bo`lgan. Bu ko`rsatkichlar 2014 yilga qaraganda 20% ga oshib ketgan.

    Boshqa yangiliklar