2016 yilning 12-13 mart kunlari O`zbekistonda umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi.
O`zbekiston hukumatining 4 martdagi farmoniga muvofiq mamlakatimizda mart-aprel oylari tozalik va obodonchilik oylari deb e`lon qilingan.
Hashar ishtirokchilari hududlarni tozalashda, gul, daraxt ko`chatlari o`tqazishda va boshqa tadbirlarda ishtirok etishadi, deya xabar berdi “UzDaily.uz” nashri.
Bundan tashqari hashar davomida kam ta`minlagan oilalar va yordamga muhtoj insonlarga ko`mak berish ham ko`zda tutilgan.





