AsosiySport

Konstantin Sviridov — O`zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi futzalchisi bo`ldi

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi hamda “Olmaliq” klubi a`zosi Konstantin Sviridov  O`zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi futzalchisi deb tan olindi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Olmaliq” tarkibida 2015 yilda O`zbekiston chempioniga aylangan Sviridovga yilning eng yaxshisi futzalchisi uchun maxsus sovrin O`zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritgani hamda Osiyo chempionati kumush medallari sohibiga aylanganligi munosabati bilan o`tkazilgan taqdirlash marosimi davomida topshirildi.

Ma`lumot uchun, Sviridov Toshkentda o`tkazilgan futzal bo`yicha Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi safida ham ajoyib o`yinlar namoyish etdi va terma jamoaning eng yaxshi o`yinchilaridan biri sifatida e`tirof etildi.

    Boshqa yangiliklar