Bir muddat avval O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov teatrga tashrif buyurib, O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizovni teatrning yangi rahbari sifatida aktyorlarga tanishtirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Kecha, 10 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O`zbekiston Milliy matbuot markazida “Kim edigu kim bo`ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli targ`ibot tadbirlari yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
Mazkur tadbirga O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham tashrif buyurgan. Anjumanga raislik qilayotgan Yoshlar madaniyat va san`at markazi rahbari Jamoliddin Uzoqov Mirza Azizovga so`z berar ekan, uni Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqali teatrining direktori deb tanishtirgan.
Madaniyat va sport ishlari vazirligidan “Darakchi.uz”`ga xabar berishlaricha, Mirza Azizovdan oldin bu lavozimda Ramziddin Ikromov faoliyat yuritgan.





