Meksikaning 26 ta hududida ro`y bergan yog`in-sochin va kuchli shamol 3,4 million aholini elektr ta`minotisiz qoldirdi.
Meksikada bor-yo`g`i 122 million aholi yashaydi. Elektr ta`minotini to`liq tiklash maqsadida tabiiy ofatdan talafot ko`rgan hududlarga 7,2 ming nafar ta`mirlovchi va 2 mingta texnika yuborildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Mamlakat milliy fuqarolik mudofaasi boshlig`i Luis Felip Puentening axborot berishicha, soatiga 70 kilometr tezlikda esgan shamol 1,7 ming uyning tomini uchrib, 800 ta daraxt, 100 dan ortiq reklama bannerlarining qulashiga sabab bo`lgan. 16 kishi tan jarohati olgan, halok bo`lganlar yo`q.
Sinoptiklar bergan ma`lumotlarga ko`ra, noqulay ob-havo sharoiti shanba, 12 martgacha davom etadi.





