AsosiyDunyo

“Islom davlati” daromadlarini shiddat bilan yo`qotib bormoqda

Britani tashqi ishlar vaziri yordamchisi Tobias Elvud so`nggi ma`lumotlarni taqdim etdi.

Uning so`zlariga ko`ra, terrorchilarning asosiy daromad manbai neft bo`lib, uning savdosiga guruhning 40% daromadi to`g`ri keladi. Daromadning 20 foizi kontrabanda, giyohvandlik moddalar, odam va madaniy yodgorliklar savdosidan kelib tushadi, deya xabar beradi “Vesti” nashri.

10 foizga yaqin daromadni jangarilar horijdagi homiylardan pul o`tkazmalari tarzida olishadi. Elvudning aytshicha, so`nggi vaqtlarda neftdan tushum 25-30% qisqargan, ishidchilarning umumiy daromadi esa 10% qisqargan. Bunga sabab rossiya va AQSh boshchiligidagi koalisiya zarbalaridir.

Buning natijasida IShID o`z safiga jangarilarni jalb qilishi qiyinlashib bormoqda. Jangarilarni avtomobillardan motosikllarga o`tib, o`z pullarini tejashlariga to`g`ri kelmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar