AsosiySUG'DIYONA

Enjel Giuffria: “Men qo`lini 30 marta almashtirgan yagona aktrisaman”

Amerikalik Enjel Giuffria (Angel Giuffria) o`zini dunyodagi yagona bionik protez qo`lli aktrisa deb hisoblaydi. Qizning chap qo`li tug`ma rivojlanmagan, bundan 4 oy muqaddam unga yangi protez qo`l yasab berildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Aktrisa voyaga etgunga qadar 30 marotaba protez qo`lini almashtirgan, ular asosan uning qo`li yo`qligini bildirmaydigan kosmetik protez qo`llar bo`lgan. Enjel Giuffria qo`lining yo`qligidan o`ksinmaydi, aksincha boshqalarga o`xshamasligidan, “kiborg” deb atashlaridan faxrlanadi.

Enjel ijtimoiy tarmoqlarda o`ta faol. Xususan u “Instagram” dagi shaxsiy sahifasiga muntazam ravishda suratlarini joylashtirib keladi. Uning asli kasbi psixolog, aktrisalik esa Enjelning xobbisi.

Aktrisa bo`sh vaqtlarida, shuningdek, kamon va pistoletdan o`q otish bilan ham shug`ullanadi. Mazkur sport turlari doirasida erishgan muvaffaqiyatlarini u muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib boradi.

  

    Boshqa yangiliklar