AsosiyDunyo

Yamaykalik model AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampni sudga berdi

Asli kelib chiqishi yamaykalik bo`lgan model Aleksiya Palmer AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Trampga tegishli Trump Model Management modellik agentligini sudga berdi. Bu haqda “Lenta.ru”xabar bermoqda

Palmer agentlikni firibgarlikda va muhojirlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini buzganlikda aybladi.  Aleksiya kompaniyadan 225 ming dollar miqdorda tovon puli talab qilmoqda. 

Modelning fikriga ko`ra, agentlik federal hukumatni hujjatlarni rasmiylashtirishda aldagan. Shartnoma bo`yicha u go`yoki yiliga 75 ming dollar olishi kerak, aslida esa uch yillik mehnati uchun bor-yo`g`i to`rt ming dollarga yaqin pul olgan.

Trampning advokatlari esa “bu unchalik jiddiy muammo emasligini” va modelning shunchaki ishlari yurishmaganini aytib o`tgan. Ularning aytishicha, Palmer agentlikda o`n kuncha ishlagan va olgan puli ham shunga yarasha. 

Ma`lumot uchun, AQSh prezidentligiga nomzod  Donald Tramp muhojirlarga yomon munosabat bildirishi bilan tilga tushgan.

    Boshqa yangiliklar