AsosiyDunyo

Turkiyalik shoir o`z she`rida Rossiyadan uzr so`radi

Turkiyalik shoir Xusayn Haydar o`z she`rlari orqali Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun Rossiyadan kechirim so`radi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Shoir “Buyuk rus xalqidan kechirim” deb nomlangan she`rida “Ko`z o`ngimizda qarindoshlik rishtalari uzib tashlandi” deya ta`kidlab o`tdi.

U shuningdek, badiiy obrazlar orqali Rossiyaning butun dunyoga taniqli shaxslari, jumladan Vladimir Mayakovskiy, Maksim Gorkiy va Yuriy Gagarindan ham uzr so`ragan.

Xusayn Haydar she`r yakunida urib tushirilgan samolyotning halok bo`lgan uchuvchisining oilasiga quyidagicha murojaat qilgan: “Men tiz cho`kib, Oleg Peshkovning onasidan uzr so`rayman”.

    Boshqa yangiliklar