Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning muvaffaqiyati uchun qaysi omillar etishmasligini aytib o`tdi.
“Real”ning muvaffaqiyati uchun barqarorlik, omad va g`alabaga bo`lgan iroda etishmayapti. Ammo, mening nazarimda hozir jamoa to`g`ri yo`ldan bormoqda. Muxlislarning qo`llab-quvvatlashi va ko`magi biz uchun doimo muhim bo`lib kelgan”, – deydi portugaliyalik futbolchi.
Qayd etish kerakki, so`nggi paytlarda Krishtianu Ronaldu muxlis va mutaxassilar tanqidiga uchramoqda. “Santyago Bernabeu”da esa unga xushtakbozlik ham qilishadi.





