O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida o`zining Telegramdagi kanallarini ishga tushirdi.
Endi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligiga @migrationuzbot boti va @migrationuz kanali orqali murojaat qilish mumkin.
Ushbu bot yordamida agentlik Migrasiya bo`limi, Lisenziya bo`limi xamda Xususiy shartnoma berish bo`limlari faoliyatida foydalaniladigan forma va blanklar ko`chirib olish, agentlik qabul kunlari va manzili haqida batafsil ma`lumot olish mumkin. Shuningdek, unda agentlik faoliyatida ko`p beriladigan savollarga javoblar xam joylashtirilgan.
Bundan tashqari, Vazirlik kanali orqali agentlik hayotida ro`y berayotgan yangiliklardan birinchilardan bo`lib boxabar bo`lishingiz ham mumkin.





