AsosiySport

Ravshan Ermatov Olimpiadaning so`nggi ishtirokchisi aniqlanadigan o`yinni boshqaradi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va turkiyalik Junayt Chaqir Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining futbol turniriga so`nggi yo`llanmani beruvchi AQSh va Kolumbiya olimpiya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni boshqarib borishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda

Joriy yilning 25 mart kuni, Kolumbiyaning Barrankilya shahrida bo`lib o`tadigan dastlabki o`yinni Junayt Chaqir boshqarib boradi. 29 mart, seshanba kuni AQShning Frisko shahrida bo`lib o`tadigan javob o`yini esa Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga topshirildi.

Kolumbiya U-23 — AQSh U-23

25 mart, Barrankilya

Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)

Hakam 1-assistenti: Orkun Oqtosh (Tukriya)

Hakam 2-assistenti: Chem Satman (Turkiya)

To`rtinchi hakam: Husayin Gochek (Turkiya)

Nazoratchi: Massimo Busakka (Shveysariya)


AQSh U-23 — Kolumbiya U-23

29 mart, Frisko

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O`zbekiston)

Hakam 1-assistenti: Abduhamidillo Rasulov (O`zbekiston)

Hakam 2-assistenti: Jahongir Saidov (O`zbekiston)

To`rtinchi hakam: Sherzod Qosimov (O`zbekiston)

Nazoratchi: Manuel Navarro (Shveysariya)

    Boshqa yangiliklar