Makedoniyada bolgariyalik turist ayol oqqush bilan rasmga tushish maqsadida uni tutib olib, qiynagan, deb xabar berdi “lenta.ru” nashri.
Guvohlarning ma`lum qilishicha, ayol Oxrid ko`lidan oqqushni qanotlaridan sudragancha tortib chiqargan. Oqqush tipirchilashiga qaramay, ayol fotosessiyasini tugatmaguncha uni qo`yib yubormagan.
Suratga tushib bo`lgach, chalajon oqqushni qirg`oqqa tashlab ketgan.






