Uning muddati olti oydan oshmasligi belgilandi.
26 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan boshqa viloyatdan kelib ishlayotgan fuqarolarga bir martalik vaqtinchalik ish bilan shug`ullanish uchun guvohnoma olish majburiyati yuklandi, deb xabar berdi “Norma” nashri.
Ushbu guvohnomani olish uchun bir martalik ish bilan ta`minlovchi markazga murojaat etish lozim. Hujjatlar ro`yxatiga ariza, pasport nusxasi (asl nusxasi ham ko`rsatiladi), 3x4 hajmdagi to`rtta fotosurat va anketa kirtilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa hududlardan ishlashga kelgan fuqarolar yashash joyi bo`yicha hisobga turganligi haqidagi qayd varag`ini ham ko`rsatishlari lozim.
Guvohnoma hamma hujjatlar taqdim etilganidan so`ng, ikki hafta mobaynida beriladi. Hujjatning muddati Qoraqalpoqston Respublikasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtinchalik hisobga turilgan muddatga mos kelib, 6 oydan oshmasligi kerak. Qonun o`zgarishlari faqatgina bir martalik ish bilan shug`ullanuvchi fuqarolarga tegishli bo`lib, doimiy ish bilan shug`ullanuvchi fuqarolarga aloqasi yo`q. Bu o`zgarishlar pasport-viza tizimi va uy-joy jamg`armasi tartibini mustahkamlash maqsadida kiritilgan.





