8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kunida Toshkent shahrida YPX xodimlari ayol haydovchilarga gullar taqdim etdi. Bu haqda ayol haydovchilar “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabarlar qoldirdi.
Ma`lum bo`lishicha, bayram munosabati bilan, Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ayol haydovchilarni to`xtatib, ularni bayram bilan tabriklagan va gullar sovg`a qilgan. Foydalanuvchilarning yozishicha, ba`zi chorrahalarda yo`l nazoratchilari faqat ayol haydovchilarni to`xtatish maqsadida turgan.
Yana bir ayol haydovchi o`zining Instagram ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:
“Haqiqiy ayollar kuni! Salon, gullar, sovg`alar... Biroq hammasidan ko`ra avtoyuvish xizmatidagi xodimlar meni quvontirishdi. Ular mashinamni bepul yuvib berishdi, bundan tashqari yana gullar ham taqdim etishdi. Judayam yoqimli syurpriz”





