Janubi-Sharqiy Osiyoda 9 mart kuni quyosh tutilishi kuzatildi. Quyosh tutilishi Hind okeanining shimoli-sharqiy qismida tunda boshlandi.
Uni Indoneziyaning Markaziy Sulaves viloyatida joylashgan Palu shahridan kuzatish juda qulay bo`ldi. Quyosh tutilishining to`liq fazasi 2 daqiqa 50 soniya davom etdi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri.





