“Barselona” hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatida olgan sariq katochkalari ko`payib ketganligi uchun kecha “Eybar”ga qarshi o`yinni o`tkazib yubordi, deya xabar beradi Marca nashri.
Braziliyalik futbolchi diskvalifikasiyasidan unumli foydalanish uchun singlisining tug`ilgan kunini nishonlash uchun o`z vataniga yo`l oldi.

E`tiborili tomoni shundaki, Neymar o`tgan yili 8 mart kuni “Rayo Valekano”ga qarshi kechgan o`yinda ham maydonga tushmagan va singlisi Rafaella Bekranning tug`ilgan kuniga borib kelgandi.
Ma`lumot uchun, Neymarning singlisi 1996 yil, 11 mart kuni tavallud topgan.





