Ispaniya chempionati 28-turida “Barselona” safarda “Eybar” mehmoni bo`lib, 4:0 hisobida zafar quchdi.Uchrashuvda Lionel Messi dubl qayd etgan bo`lsa, Luis Suares o`z hisobga bitta gol yozdirib qo`ydi.
E`tiborga molik jihati shundaki, Messi, Suares va neymar triosi joriy mavsumdagi barcha turnirlarda kiritgan gollar sonini 100 taga etkazdi. Luis Suaresda 42 ta, Messida 35 ta, Neymar esa 23 ta gol mavjud.
Taqqoslash uchun, “Real Madrid” hujum chizig`i a`zolari Krishtianu Ronaldu (39), Karim Benzema (23) va Garet Beyl (14) jami 76 ta gol kiritish uddasidan chiqqan.





