Sergey Lazarevning “You are the only one” (“Sen — yagonasan”) klipi YouTube tarmog`ida bir sutkada million marta tomosha qilindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur qo`shiq bilan Sergey Shvesiyada bo`lib o`tadigan “Evrovidenie” tanlovida ishtirok etadi.
Klipning rasmiy taqdimot marosimi 5 mart kuni “Rossiya” kanalida o`tkazildi. Efirdan so`ng klip yozib olinib, YouTube tarmog`iga joylashtirildi.
“Men bu qo`shiqni jonu-dilim bilan sevib qoldim. Bu qo`shiq meni ‘Evrovidenie’da ishtirok etishga rozilik bildirishga undadi. Men sakkiz yil davomida bu tanlovda ishtirok etish takliflarini rad etib keldim”,— dedi xonanda.
Mazkur qo`shiqni yaratishda Filip Kirkorov va xalqaro bastakorlar guruhi, jumladan gresiyalik Dimitris Kontopulos ham ishtirok etdi.





