AsosiyDunyo

Afg`oniston prezidenti “Islom davlati”ni yo`q qilishga va`da berdi

Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani “Islom davlati” uchun Afg`oniston qabriston vazifasini o`taydi dedi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Parlamentning ochiq majlisida Ashraf G`ani Afg`oniston qurolli kuchlari Pokiston bilan chegaradosh Nangarxar tumani “Islom davlati” guruhi tarafdorlaridan tozalagani haqida xabar qildi.

Yakshanba shu tuman hokimiyati uch haftalik harbiy operasiya davomida Achin shahrida 200 dan ortiq jangari yo`q qilingani haqida axborot bergan edi. Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, hozirgi vaqtda Afg`onistonda ikki mingdan ortiq “Islom davlati” guruhi tarafdorlari mavjud.

    Boshqa yangiliklar