AsosiyDunyo

Parijda uchuvchisiz samolyot yo`lovchi samolyotiga urilib ketishiga bir baxya qoldi

Fransiyaning Parij shahrida Air France kompaniyasiga tegishli laynerning qanotidan besh metr uzoqlikda uchuvchisiz samolyot uchib o`tdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, yo`lovchi samolyoti  Sharl de Goll aeroportiga qo`nish uchun pastlayotgan edi. 

Fransiya OAVlari mazkur hodisa yuz berganidan 16 kun o`tibgina xabar berdi.

Rasman bu haqdagi ma`lumotlar Fransiya qidiruv byurosi hisobotidan so`ng ya`ni 4 mart kuni e`lon qilindi.

Yo`lovchi samolyoti bortida o`shanda 160 nafar yo`lovchi bo`lgan. Samolyot uchuvchisining aytishicha, uchuvchisiz samolyot yo`lovchi samolyotiga juda yaqin masofada uchib o`tgan. 

Asosan qidiruv-qutqaruv ishlarida qo`llaniladigan uchuvchisiz samolyotlarning tezligi soatiga 50 kilometrni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar