AsosiySport

"Sport for tomorrow" futbol festivalida O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi

1-4 mart kunlari Toshkent Shahrida Yaponiya futbol assosiyasiyasi hamda O`zbekiston futbol federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Sport for tomorrow” xalqaro o`rtoqlik futbol festivali o`tkazildi, deb xabar beradi O`FF axborot xizmati.

Ushbu turnirda O`zbekiston, Turkmaniston, Eron hamda Yaponiya o`smirlar terma jamoalari ishtirok etdi. 

Dastlabki turda Temur Olimxo`jaev boshchiligidagi O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Turkmanistonni yirik — 5:1 hisobida mag`lub etgan edi. Ikkinchi uchrashuvda Yaponiya hamda Eron jamoalari 0:0 hisobida durang natija qayd etdi.

2 mart kuni esa ikkinchi tur o`yinlari bo`lib o`tdi. Dastlab, Yaponiya U-16 terma jamoasi turkmanistonlik tengdoshlarini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. O`zbekiston U-16 terma jamoasi esa Eron o`smirlariga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

4 mart kuni ushbu o`rtoqlik turniri doirasidagi so`nggi o`yinlarda Eron - Turkmaniston uchrashuvi 6:0 hisobida yakunlandi.

“Jar” stadionida bo`lib o`tgan turnirning so`nggi o`yinida O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. O`yinda Yaponiya U-16 terma jamoasi 2:0 hisobida g`alabani qo`lga kiritib, ushbu xalqaro o`rtoqlik futbol festivali g`olibi bo`ldi. O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi esa ikkinchi o`rin sohibiga aylandi,

    Boshqa yangiliklar