Rossiyalik kino va tear aktyori Armen Jigarxanyan Moskva shahridagi klinikalardan biriga miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
80 yoshi aktyorning ahvoli o`rtacha darajada. U tegishli tekshiruvlardan so`ng intensiv terapiya muolajalarini oladi.
Ma`lumot uchun, Rossiya xalq artisti Armen Jigarxanyan joriy yilning fevral oyida 36 yoshli Vitalina Smbalyuk-Romanovskaya bilan turmush qurgan edi.





