Xalqaro valyuta fondi Xitoy yuanini rasman xalqaro zahira valyutasi sifatida tan oldi, deya xabar berdi “news.mail.ru” nashri.
Yuanning zahira valyuta sifatida tan olingani munosabati bilan direktorlar kengashi tashkiloti choraklik hisobotlarga uni AQSh dollari, evro, yapon ienasi, britaniya funt sterlingi, Shvesariya franki, Avstraliya dollari, Kanada dollari bilan bir qatorga kiritish haqida qaror qabul qildi.
Yuanning bunday baholanishi Xitoy valyuta zahirasi bahosiga ta`sir qilmaydi. Qaror 2016 yilning 1 oktyabridan kuchga kiradi. Yuan xalqaro zahira valyutalari hisoblangan AQSh dollari, evro, iena va funt-sterling qatorida qo`llanadi.





