AsosiySport

Ravshan Ermatov 2015 yilning eng yaxshi hakami deb topildi

FIFA referisi Ravshan Ermatov 2015 yil yakunlariga ko`ra O`zbekistonning eng yaxshi referisi deb topildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekistonlik FIFA referisi o`tgan yil yakunlariga ko`ra xalqaro maydonlarda hamda O`zbekiston chempionati bahslarida ishlagan hakamlar orasida eng yaxshi hakam deb e`tirof etildi. E`tiborlisi, Ermatov uchun ushbu sovrin faoliyati davomidagi ketma-ket ravishda qo`lga kiritgan o`ninchi sovrin bo`ldi.

Ma`lumot uchun, Ravshan Ermatov o`tgan yili O`zbekiston Chempionati ham Kubogi bahslarida, shuningdek, xalqaro miqyosdagi nufuzli turnirlarda yuqori saviyada o`yinlarni boshqarib bordi. Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarid, JCh-2018 saralash uchrashuvlarida bir qator uchrashuvlarni boshqardi. Jumladan, "Guanjou Evergrand" (Xitoy) hamda "Al Ahli" (BAA) klublari o`rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi – 2015 final javob uchrashuvini boshqarib bordi.

O`zbekistonlik FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulov esa, o`tgan yil yakunlariga ko`ra, O`zbekistonning eng yaxshi qanot hakami sifatida e`tirof etildi. Abduhamidillo Rasulov ham Ravshan Ermatov brigadasida O`zbekiston Chempionati hamda xalqaro miqyosdagi bir qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishladi.

    Boshqa yangiliklar