AsosiySport

Samvel Babayan O`zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi murabbiyi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan OAV vakillari o`rtasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra O`zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O`tgan yilning iyun oyidan O`zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Samvel Babayan mazkur so`rovnomada, o`z tarixida ilk bor O`zbekiston Kubogini qo`lgan kiritgan Qarshining “Nasaf” klubi ustozi Ro`ziqul Berdiev hamda O`zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasini Jahon chempionatida chorak finalga qadar olib chiqqan Ravshan Haydarovlarni ortda qoldirdi.

Ta`kidlash joiz, Samvel Babayan murabbiyligida O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 hamda OK-2019 saralashi doirasida jami 4 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi va ularning barchasida g`alaba qozonib, yuz foizlik natija qayd etdi.

Ma`lumot uchun, Samvel Babayan 2014 yil yakunlariga ko`ra ham O`zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deya e`tirof etilgan edi va mazkur sovrin murabbiy uchun o`z faoliyatidagi ketma-ket ikkinchi sovrin bo`ldi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi so`rovida kuchli uchlik quyidagicha ko`rinish oldi:

Samvel Babayan (O`zbekiston milliy terma jamoasi) – 60 ball

Ro`ziqul Berdiev (Nasaf, O`zbekiston) – 44 ball      

Ravshan Haydarov (O`zbekiston U-20 terma jamoasi) – 10 ball.

    Boshqa yangiliklar